Alisher Uzoqov 1 aprel bo`lishigiga qaramay bor haqiqatni aytdi

12:16, 01 aprel

Kuni kecha Instagramda qayta ro`yhatdan o`tgan aktyor Alisher Uzoqov, ushbu ijtimoiy tarmoqning eng faol foydalanuvchilaridan biri bo`lib qolmoqda. 

“Odamlar 1-aprel bo`lishiga qaramay, sizga bor haqiqatni aytmoqchiman. Anchadan beri sizlar bilan ko`rishmadik. Men haqimda har xil gaplar tarqaldi. O`chirilgan Instagram sahifamni yana ochishimga to`g`ri keldi. Menga mashhurlik kerak emas. Meni hayotimda muhimroq narsalar bor. Insonni kamsitish oson. Uni qaytarish qiyin, atak iloji yo`q! Samimiy bo`linglar. Meni kalligim yoki "o`lganim" va yana "boshqa mish-mishlar" sizlarni "ruhlantirar" balki. Lekin aytib qo`yay men bularni 1 tiyinga ham olmayman. Ovora bo`lmang! Meni to`g`ri tushunganlar uchun esa zo`r, yaxshi va sizlarni ruhingizni ko`taradigan kinolar qilib berishga va`da beraman! Hudo hohlasa!” 

Kuni kecha aktyor Alisher Uzoqov muxlislariga qarata tirikligi, sog`ligi va shu bilan birga sochi yo`qligini tan olgan ohangda antiqa murojaat qilgan edi.

Aktyorning bunday murojaatlariga ehtimol uning suratlari ostiga qoldirilayotgan sochi va hayoti haqidagi izohlar sabab bo`layotganidir.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!