Samarqanddagi Hazrat Dovud ziyoratgohida bir oy davomida ziyorat cheklanadi

12:31, 01 aprel

Hazrat Dovud ziyoratgohida ta`mirlash va qayta qurish ishlari olib borilayotgani munosabati bilan bir oy davomida ziyorat cheklandi. Bu haqda “Zarafshon” gazetasi xabar beradi.

Hazrat Dovud ziyoratgohi Samarqand shahridan 40 kilometr g`arbda, Nurobod tumanining Oqsoy qishlog`i tepasida joylashgan afsonaviy g`or. Rivoyatlarga ko`ra, Hazrat Dovud temir va toshni eritish qobiliyatiga ega bo`lgan.

Ziyoratgohda katta ko`lamda binolar va inshootlar qurish, obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Yaqin orada markaziy yo`ldan tog` etagigacha bo`lgan etti kilometr yo`l qurilishi tugallanadi, uning bir qismi allaqachon asfaltlangan. Unga tutash joyda 200 avtomobilga mo`ljallangan mashina qo`yish maydoni qurilmoqda.

Olisdan kelgan ziyoratchilar ikki va uch o`rinli kottejlarga joylashishlari mumkin. 40 o`rinli uch qavatli mehmonxona qurilishi tugallanyapti. Uning birinchi qavatida go`zallik saloni, do`konlar, boshqa madaniy-maishiy xizmat nuqtalari joylashadi. Ikkinchi qavatda mehmonlar va ziyoratchilarga milliy va evropa taomlari bilan restoran xizmat ko`rsatadi. Uchinchi qavat – mehmonxona. Uning chordog`idan sport zali sifatida foydalanish mo`ljallanmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!