Vladimir Putin mediamagnat Rupert Merdokning sobiq rafiqasiga ko`ngil qo`ydi

12:46, 01 aprel

G`arb ommaviy axborot vositalari, xususan US Weekly haftalik gazetasida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning mediamagnat Rupert Merdokning sobiq rafiqasi 47 yoshli Vendi Merdok bilan ishqiy munosabatda ekanligi haqidagi xabarlar e`lon qilindi. Bu haqda “Tatler” nashri xabar bermoqda.   

Nashrning keltirishicha, bu ikki inson orasidagi munosabatlar bir necha yillardan buyon davom etmoqda. Bu ma`lumot Rossiya prezidentiga yaqin manbaga asoslanib berilmoqda. Bundan tashqari, Rossiya prezidentining yangi ishqiy munosabatlari haqidagi mish-mishlar so`nggi paytda bolalagan. 

 

Ma`lumotlarga ko`ra, Vendi Merdok rossiyalik Dasha Jukova va Roman Abramovich bilan do`stona munosabatda. Jurnalistlar Vendi aynan ular orqali Vladimir Putin bilan tanishgan bo`lishi mumkin, degan taxminni ilgari surmoqda. 

Vladimir Putin Vendi Merdokning nazariga tushgan birinchi siyosatchi emas. Bundan avval u Buyuk Britaniya bosh vaziri Toni Bler bilan ishqiy munosabatlarda bo`lgan. Aynan ularning o`zaro munosabatlari Vendining turmush o`rtog`i Rupert Merdok bilan ajrashishiga sabab bo`lgani aytilmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!