Aktyor Xyu Jekman o`zidan 13 yosh katta rafiqasi bilan baxtli hayoti sirlarini hikoya qildi

12:58, 01 aprel

Gollivud aktyori Xyu Jekman baxtli bo`lish sirlari bilan bo`lishdi, deb xabar berdi “Elle.ru” nashri.
 

Xyu Jekman va Deborra-Li Ferness

Deborra-Li Ferness bilan aprelda turmush qurganlarining 20 yillik tantanalarini nishonlaydigan aktyor Xyu Jekman baxtli oila sirlari bilan bo`lishdi. Aktyorning fikricha, oilaviy munosabatlarda olg`a harakat qilish muhim sabablardan biri hisoblanadi, bunda “Baxtli ayol – baxtli hayot garovidir” shiori muvaffaqiyat kaliti bo`lib xizmat qiladi. 

Bu juftlik 1995 yilda Avstraliya teleshoularidan birining suratga olish jarayonida tanishib qolishgan, oradan bir yil o`tib, ular turmush qurishadi. Xyu Jekmanning tan olishicha, u Deborraga ancha ilgariroq turmush qurish taklifini bermoqchi bo`lgan, ammo keyinchalik bu fikridan qaytib, kutishga qaror qilgan.

Xyu Jekman rafiqasini uchratganini hayotidagi eng baxtli hodisalardan biri deb hisoblaydi. U bir ko`rishda Deborrani sevib qolgan: “Hayajonlanganimdan tanishganimizning birinchi haftasida unga gapirishga jur`at etolmadim va hamkasblarimizdan yigirma kishini tushlikka taklif qildim. Dadillik uchun ozgina ichdim va Deborraga muhabbat izhor qildim”.

Xyuning fikricha, ularning baxtli hayot kechirishlariga barcha ishlarni hamkorlikda bajarishlari ham sabab bo`lgan: “Biz har doim birgamiz va barcha muammolarni birgalikda hal qilib, o`rganganmiz. Uzog`i bilan ikki hafta ko`rishmasligimiz mumkin. Har qanday sharoitda ham bu tamoyillarni buzmaslikka, saqlashga harakat qilamiz. Biz yaqin do`stmiz, do`stligimizcha qolamiz”.

Xyu Jekman va Deborra-Li Ferness 1996 yilning aprelda turmush qurishgan. Ular ikki farzandni boqib olishgan – o`g`illari Oskar Maksimilian 16 yoshga, qizlari Ava Eliot 10 yoshga to`lgan. Deborra Xyu dan 13 yosh katta, bu mavzu matbuotchilarni ham, tomoshabinlarni ham tashvishga solsa-da, aktyorni bezovta qilmaydi. “Men uni sevaman, Deborraning necha yoshdaligi meni qiziqtirmaydi”, deb Xyu Jekman qayta-qayta takrorlashdan charchamaydi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!