2 aprel kuni O`zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

14:43, 01 aprel

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 2 aprel kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 8-10, kunduzi 13-15 daraja iliq bo`ladi. 

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.  Kechasi 3-8, kunduzi 12-17 daraja iliq bo`ladi. 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 15-20 daraja iliq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim tumanlarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 13-18 daraja iliq bo`ladi. 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yomg`ir yog`adi. Sharqdan esayotgan shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 13-18 daraja iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi,  ayrim tumanlarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol yo`nalishini o`zgartirib,  g`arbdan  sekundiga  7-12 metr tezlikda esadi.  Kechasi 3-8, kunduzi 10-15 daraja iliq bo`ladi. 

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yomg`ir yog`adi. 2500 metr balandlikdagi hududlarda qor ko`chishi xavfi bor. G`arbdan sekundiga  7-12 metr  tezlikda shamol esadi.  Kechasi 0-5,  kunduzi 
5-10 daraja iliq bo`ladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!