Saudiyalik shahzoda London shahriga bir nechta oltin avtomobillarda tashrif buyurdi(Foto)

14:49, 01 aprel

Saudiya Arabistonining merosxo`r shahzodasi Turki Bin Abdulloh London shahriga o`zi bilan  nechta qimmatbaho avtomobillarini ham olib keldi. Bu haqda “Tatler” nashri xabar bermoqda

Shahzodaning ikki qiziqishi bor:  Sayohat va avtomobillar.

Shahzoda bu qiziqishlarni ko`pincha umumlashtiradi. U sayohatga bormoqchi bo`lgan davlatiga o`zining qimmatbaho avtomobillarini ham olib boradi. Avtomobillar shahzoda kelishidan bir necha kun avval o`sha mamlakatga olib kelib, taxt qilib qo`yiladi. 

Bu safar Turkining Bentley Flying Spur, Rolls-Royce, Lamborghini Aventador, Mercedes G63 va Range Rover kabi avtomobillardan iborat oltin “desant”i Buyuk Britaniya poytaxtiga olib kelindi.

Avtomobillarni London shahriga olib kelish Saudiya shahzodasiga yuz ming funt sterlingga tushdi.

Bundan tashqari, bankdagi hisob raqamida bir nechta xonali raqamlardan iborat mablag`i bo`lgan shahzoda qimmatbaho soatlarga ruju qo`ygan. U qo`liga bunday soatlardan ikkitalab taqib yuradi. Shuningdek yovvoyi tuyada poygalashishga ham qiziqadi.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!