Aktrisa Nigina Anorboeva turmush o`rtog`ining avval uylangani haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi

15:23, 01 aprel

Aktrisa Nigina Anorboeva “Tasvir” gazetasi bilan suhbatda ijodi va shaxsiy hayotiga oid savollarga javob berdi.

Xususan, gazeta muxbirining “Kuyov avval uylangan ekan”, “Niginaning turmush o`rtog`i o`zidan ancha katta ekan” degan mish-mishlar haqidagi savoliga aktrisa:

“Hech kimdan ranjimadim. Nima uchun xafa bo`lishim kerak? Muhimi, men baxtliman. Umr yo`ldoshim bilan 18 yoshimda tanishganman. Etti yil bir-birimizni,tuyg`ularimizni sinadik vanihoyat turmush qurdik. Bu vaqt oralig`ida men o`z ijodimni, u kishi esa o`z karerasini yo`lga qo`yish bilan band bo`ldi. Umidxo`ja akam mendan 11 yosh katta ekanligi rost. Lekin u kishining boshqa oilasi va odamlar gapirayotgandek turli holatlar yo`q. Turmush o`rtog`im neft va gaz sohasida faoliyat yuritadi”, – deya javob berdi. 

Ma`lumot uchun, aktrisa Nigina Anorboeva va uning turmush o`rtog`i Umidjonlarning nikoh to`yi o`tgan yilning noyabr oyida bo`lib o`tgan edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!