Toshkent shahar hokimi yangi yo`llar qurilishi munosabati bilan qaysi ko`chadagi uylar buzilishini aytdi

15:50, 01 aprel

Toshkent shahar hokimligi yo`l transport sohasidagi yangilanishlar mavzusiga oid bir qator vazirlik va idoralar rahbarlarini taklif etgan holda katta matbuot anjumani tashkil etilgani haqida avval xabar bergandik.

Tadbirda Toshkent shahar hokimi bir soatdan ortiq vaqt davomida yig`ilganlarga mazkur sohada poytaxtimizda amalga oshirilishi ko`zda tutilgan ishlar to`g`risida ma`lumot berdi. Unda jurnalistlar o`zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.

Ana shunday savollardan biri yangi yo`llar qurilishi aholi turar-joylariga ta`sir qilishi yuzasidan bo`ldi.

Tadbir davomida Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonov “Nurafshon” ko`chasining Beruniy ko`chasidan Sh.Rashidov ko`chasigacha qismidan foydalangan holda aylanma yo`l yuzaga kelishi natijasida markaziy ko`chalarda oqimning engillashuviga erishish ko`zda tutilmoqda. Shu maqsadda “Nurafshon” va Beruniy ko`chalari chorrahasidan Oqtepa maydonigacha 3,8 kilometrlik yo`l quriladi. “Nurafshon”dan “Oqtepa” maydoni orqali Muqimiy ko`chasiga chiqishi inobatga olinsa, mavjud transport harakati sxemasiga o`zgartirish kiritish zarur. Ya`ni “Nurafshon” ko`chasining mavjud harakat oqimi “Oqtepa maydoni”da soatiga 4 mingta mashinaga ortib, mavjud ko`prikka ortiqcha bosim yuzaga keltiradi, shu sababli ko`prik(estakada) quriladi. 

“Yuqorida keltirilgan yo`l qurilish jarayonida ma`lum xonadonlar buzilishiga to`g`ri keladi, bunday uylarning egalari O`zbekiston qonunchiligiga doirasida oldindan ogohlantiriladi va hech kim norozi qilinmagan holda turar-joy bilan ta`minlanadi. Yuqorida keltirilgan ko`chalardan “Nurafshon” ko`chasi bo`ylab yo`l qurilishida, ayrim turar-joylar buzilishiga to`g`ri keladi. Ushbu yo`l qurilish Bosh rejasiga asosan har bir xonadon ancha avval kirib o`rganilgan, ogohlantirilgan va uyi buzilishidan xabardor. Uylar buzilishidan oldin ogohlantirilib, shu uylarda ro`yhatda turadigan odamlar soni hisob-kitob qilingan”, - deydi hokim. 

Ayni damda yo`l qurilishining Oqtepa maydoni atrofi, Shota Rustavelidan Boburga chiqadigan Nukus ko`chasida qurilish ishlari boshlab yuborilgan.

Aytish joizki, Nurafshon ko`chasining Oqtepa maydoniga ulanishi ko`zda tutilgan ko`chada transport harakatining hajmi soatiga 8000 ta mashinaga mo`ljallangan bo`lsa, ayni damda bu ko`chada soatiga 10500 ta mashinani tashkil qiladi, bu esa 131 foizga ko`p degani. Yangi yo`llar qurilishi esa mana shunday holatlarni engillashtiradi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!