Nyu-Yorkdagi avtoshouda 200 ming dollarlik Porsche 911 superkari portlab ketdi

16:10, 01 aprel

AQShning Nyu-York shtatidagi avtoshou ko`rgazmasiga qo`yilgan Porsche 911 Turbo avtomobilining maxsus eksklyuziv namunasi kutilmaganda portlab ketdi. Bu haqda “Vesti” xabar bermoqda.

Tadbir tashkilotchilarining aytishicha, yuzaga kelgan yong`in bir necha soniyalar ichida o`chirilgan. 

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra,yong`in ko`rgazma majmuasidagi texnik nosozlik tufayli kelib chiqqan. Boshqa eksklyuziv avtomobillarga zarar etmagan.

200 ming AQSh dollari va undan qimmatroq turadigan Porsche avtomobiliga etkazilgan zarar miqdori haqida esa ma`lumotlar keltirilmagan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!