Sherlok Xolms rolining ijrochisi vafot etdi

16:13, 01 aprel

Londondagi “Bi-bi-si” kompaniyasi tomonidan 1965-1968 yillarda suratga olingan Sherlok Xolms haqidagi serialda bosh qahramon siymosini gavdalantirgan aktyor Duglas Uilmer 96 yoshida vafot etdi, deb xabar beradi “Lenta.ru” nashri.

U 31 mart kuni Angliyaning Saffolk grafligida, uzoq davom etmagan kasallikdan so`ng shifoxonada vafot etgan. Kasallik tashxisi aniqlanmagan. 

Uilmer 1920 yilning 8 yanvarida Londonda tavallud topgan. U qirollik akademiyasining dramatik san`at bo`limida o`qigan, ma`lum muddat Shimoliy Afrikada xizmat qilgan. Duglas Uilmer ilk bora 1945 yilda sahnaga chiqqan, 1960 yildan boshlab esa kinoda rollar o`ynay boshlagan. Uilmer taxminan 70 dan ortiq film va seriallarda suratga tushgan.

Artur Konan Doyl asari asosida suratga olingan filmda detektiv rolini avval filmda Benedikt Kamberbetch jonlantirgan bo`lsa, Uilmer filmning ikkinchi mavsumi so`nggi epizodida paydo bo`ldi. U yana 1975 yilda “ Sherlok Xolms topqir inisining boshdan kechirgan sarguzashtlari” nomli filmda ham ayg`oqchi rolini o`ynagan.

“Duglas Uilmer kompaniya xodimlarining xotirasida dono, zukko, qalbi ochiq inson sifatida qoladi” deb xabar qoldirildi aktyor a`zo bo`lgan The Sherlock Holmes Society of London jamiyatining saytida.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!