Parij shahrida portlash yuz berdi

16:21, 01 aprel

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Fransiya poytaxti Parij shahrida portlash ro`y bergani haqida ma`lumotlar yozib qoldirmoqda. Ma`lumotlarga portlash aks etgan fotosuratlar ham ilova qilinmoqda, deb xabar beradi “RIA Novosti” nashri.

Gap Parij shahrida joylashgan xonadonlardan birida yuzaga kelgan portlash haqida ketmoqda. Suratlarda ham yonayotgan bino aks etgan.

Portlash Fransiya poytaxtining oltinchi okrugida yuz bergan. Hodisa oqibatida earblanganlar haqida ma`lumotlar keltirilmagan.

Mamlakat polisiyasi esa mazkur portlash haqida rasmiy ma`lumot bermagan.

Taxminlarga ko`ra, xonadonlardan birida gaz plitasi portlab ketgan bo`lishi mumkin.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!