Korzinka.uz 2016 yil oхirigacha yana 5 mingta supermarket ochadi

16:57, 01 aprel

Korzinka.uz supermarketlar tarmog`i rahbari Zafar Hoshimov iste`mol qilib bo`lingan mahsulotlarning ham pulini qaytarishga qaror qildi.

Bu haqda Facebook ijtimoiy tarmog`ining “Potrebiteli.uz” guruhida xabar qilindi.

“Endilikda iste`molchilar nafaqat tishlangan, balki eb bo`lingan mahsulotlarning ham pulini qaytarib olishlari mumkin!”

Zafar Hoshimov Korzinka.uz tarmog`ining sifat dasturini ishlab chiqar ekan, unga ko`ra har qanday iste`molchi nafaqat sifati buzilgan mahsulot, balki ishtahasiz eb bo`lingan mahsulotning ham pulini qaytarishga va bu bilan sizning buzilgan kayfiyat va ishtahangizni tovonini to`lashga qaror qildi.

Shuningdek, yil ohirigacha yana besh mingta supermarketlar ochishni maqsad qildi – endi har bir pod`ezd oldida Korzinka.uz supermarketi bo`ladi.

Darvoqe, 1 aprel hazil kuni bilan tabriklaymiz!

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!