Toshkent shahrida Matiz ishtirokida YTH sodir bo`ldi(Foto)

09:21, 02 aprel

Kecha, 1 aprel kuni soat 20:00 atrofida Toshkentdagi Bobur va Shota Rustaveli ko`chalari tutashgan chorrahada oq rangli Matiz ishtirokidagi jiddiy yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlardagi “Voditeli Tashkenta” guruhi a`zolari xabar bermoqda.


Taxminlarga ko`ra, yo`l-transport hodisasi noqulay ob-havo sharoiti va haydovchining katta tezlikda avtomobil boshqarishi oqibatida kelib chiqqan. Matiz haydovchisi boshqaruvni yo`qotib, yo`llarni ajratib turuvchi qismdagi simyog`ochga kelib urilgan bo`lishi mumkin. Buning oqibatida esa avtomobilga jiddiy zarar etgan.

Suratlarda YTH yuz bergan joyga zudlik bilan YPX xodimlarining etib kelganini ko`rish mumkin. YTH oqibatida halok bo`lganlar va jarohatlanganlar haqida ma`lumotlar keltirilmagan.


 

 

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!