Gongkonglik kashfiyotchi aktrisa Skarlett Yoxansonga o`xshash robot yaratdi

09:36, 02 aprel

Gongkonglik kashfiyotchi Gollivud aktrisasi Skarlett Yoxansonga ikki tomchi suvdek o`xshash robotni yaratdi. Bu haqda “Vesti” xabar bermoqda. Mazkur loyiha uchun ixtirochi bir yarim yil vaqt va 50 ming dollar sarfladi.

Mashina detallarining 70 foizi 3D-printerida chop etilgan. "Mark 1"  nomli gumanoid ovoz yordamida boshqariladi.

Robot oyoq va qo`llarini qimirlata oladi, boshini buradi va hatto so`zlasha oladi. Robot ko`rinishidagi Yoxanson sun`iy intellekt va mimikaga ham ega. Ixtirochining aytishicha, u robotni maksimal darajada insonga o`xshatishga harakat qilgan.

 

 

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!