Vladimir Putinning yangi ma`shuqasi Vendi Deng haqida nimalarni bilamiz?

11:07, 02 aprel

G`arb OAVlari Rossiya prezidenti Vladimir Putinning mashhur mediamagnat Rupert Merdokning sobiq rafiqasi, 47 yoshli Vendi Deng bilan xufyona uchrashayotgani haqidagi xabarni tarqatdi. Amerikalik biznes-ledi Vendi Deng asli xitoylik ekanligi ma`lum bo`ldi, deb xabar berdi “Lady.mail.ru” nashri.     

1. Vendi Dasha Jukova do`stlashgan

Ha, Vendi Deng rossiyalik oligarx Roman Abramovichning sevgilisi bo`lmish Dasha Jukova bilan dugona tutingan. U Dashaning milliarderning yaxtasida uyushtiradigan har bir ziyofatida hurmatli mehmonlaridan biri hisoblangan. Bundan tashqari, Vendi Dasha bilan biznes hamkorlik qilib, san`atga aloqador bo`lgan buyumlarni yig`uvchi kolleksionerlar uchun Artsty nomli saytga pul tikishgan. G`arb OAVlari Roman Abramovichning Vladimir Putin bilan do`stona aloqasi borligi uchun aynan u va Dasha Jukova Putin bilan Vendining tanishishiga sabab bo`lgan degan taxminni ilgari surishmoqda

2. Vendi Deng ilgari Toni Bler bilan ishqiy aloqada bo`lgan degan mish-mishlar ham bor

Vladimir Putin — Vendi Deng qalbini zabt etgan birinchi siyosatchi emas. Matbuotning yozishicha, uning sobiq turmush o`rtog`i mediamagnat Rupert Merdok Vendidan xiyonat qilgani uchun ajrashgan. Merdok uni do`sti, Buyuk Britaniya bosh vaziri Toni Bler bilan ishqiy munosabatda bo`lganlikda ayblagan. OAVlar hatto ularning maxfiy uchrashuvlari, “Dengning kundaligidan parchalar” nomli ayolning siyosatchiga bo`lgan his-tuyg`ulari aks etgan xatni chop etgan edi... Oilali Blerning rasmiy vakillari janjalli xabarni rad etgan bo`lishsa-da, bu dog`ni batamom o`chirishning iloji bo`lmadi.

3. Deng Merdokka ikki qiz farzand hadya etgan

Vendi milliarder Rupert Merdok bilan 14 yil birga yashagan, ularning Greys va Xloya ismli ikki qiz farzandalari bor. Uning jazmani deb yuritilgan Toni Bler katta qizi Greyning cho`qintirgan otasi hisoblanadi.

4. Vendi karerasini muvaffaqiyatli qurdi

U Xitoyda tug`ilgan bo`lsa-da, AQShning Yels universitetida ta`lim oldi. O`qishni bitirgach, Rupert Merdokning News Corporation xoldingiga qarashli  Fox TV telekanaliga ishga kirdi. Vendi yosh va tajribasiz bo`lishiga qaramay, unga Star TV  telekanalini Xitoy bozoriga kiritishday ulkan vazifani ishonib topshirishdi. Merdok bilan yaqindan tanishuv uning amal pillapoyalaridan yuqoriga ko`tarilishida katta yordam berdi. Bugungi kunga kelib u dunyoning eng mashhur, kinoprodyuser va biznes-ledilaridan biriga aylandi.

5. Dengga katta yoshli erkaklar yoqadi

Vendi ikki marta turmushga chiqqan, uning har ikkala turmush o`rtog`i ham o`zidan yosh jihatdan katta bo`lgan. Uning birinchi turmush o`rtog`i biznesmen Jeyk Cherri bo`lib, aynan u sobiq rafiqasi Joys bilan Dengning Xitoydan AQShga kelishida homiylik qilgan edi. Oradagi 30 yosh farq Vendining Jeykning jazmani bo`lishiga xalaqit qilmadi. Aynan Vendi tufayli Jeyk rafiqasi Joys bilan ajrashib, unga uylandi. Bu nikoh bor-yo`g`i ikki yil umr ko`rdi. Vendining ikkinchi turmush o`rtog`i Rupert Merdok bilan orasidagi farq 40 yosh bo`lgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!