“Dizayn”chilar: “Bu tanqidlar kimningdir buyurtmasi”

11:11, 02 aprel

Bugun qiziqchilik san`atida yangi nomlar,yangi jamoalar paydo bo`lyapti. Ular orasida “Dizayn” jamoasining o`z o`rni bor. Lekin bu jamoaning so`nggi konsert dasturi keskin tanqidlarga sabab bo`ldi. “Dizayn”chilar “Bekajon” gazetasi bilan suhbatda mazkur tanqidlarga nisbatan munosabat bildirdi.

“O`zbek milliy askiya san`atining asosi kosa tagida nimkosa degan naqlga borib taqaladi. Bizning ijodiy chiqishlarimiz ham shunga asoslangan. Tegishli tashkilotlar har kuni, har soatda teefon qilib bo`lsa-da,ijodimizni,konsert oldi tayyorgarliklarimizni kuzatib borishadi. Ijodkorning yaratgan har bir mahsuli o`zi uchun zo`r, ammo inson baribir xato qiladi. Kezi kelganda bizga dakki beradigan yo ko`kka ko`taradiganlar bor. Shuning uchun biz bemalol ijod qilyapmiz. Tanqid qilayotganlar nega xolis emas? Yutuqlarimizning bittasini ham tilga olmaydi-da,faqat salbiy tomonimizni yozadi. Ehtimol, kimdir buni ‘buyurtma’ qilgandir? Hozir kuniga 100,150 tacha telefon qo`ng`iroqlari bo`ladi. Ularning 98 foizidan ‘rahmat’ degan olqishni eshitamiz. ‘Farzandlarim takror-takror ko`ryapti’ deyishadi”, —deydi guruh a`zolari.

“Xonandani xonanda,shoirni shoir, qiziqchini qiziqchi tanqid qilsa bu boshqa gap. Jurnalistlar faqat o`z fikrini bildirishi mumkin,xolos. ‘Mirza’ teatri, Ortiq Sultonov va Zokir Ochildiev kabi ustoz san`atkorlar tanqid qilsa, uni to`g`ri qabul qilamiz. Ular shu sohaning odamlari”.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!