Haydovchi avtohalokat joyidan qochib ketganiga guvoh bo`lsangiz...

11:44, 02 aprel

“Kuni kecha yo`lda ketayotib bir holatning guvohi bo`ldim.  Katta tezlikda kelayotgan avtomobil piyodani turtib yuborib, o`zi qochib ketdi. Nima qilishni bilmay qoldim. Mana shunday hollarda qanday yo`l tutish kerak. Mening guvohligim voqeaga aniqlik kiritishda ahamiyatga egami?”

Dildora, Sirdaryo viloyati

Mazkur savolga O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi YHXBB boshlig`i Xolmatjon Saydaliev javob beradi:

—  Agar haydovchi boshqaruvida bo`lgan transport vositasida ikkinchi transport vositasi bilan yo`l-transport hodisasi sodir etib yoki piyodani urib yuborib, voqea joyidan ketib qolsa, zudlik bilan yaqin oradagi IIBga xabar yoki transport vositasi haqida ma`lumot bering.

Voqeaga guvohlar tomonidan olingan ma`lumotlar va ko`rsatmalar asosida IIB xodilari transport vositasini aniqlash va topish bo`yicha qidiru va surishtiruv ishlari amalga oshiriladi. Buning natijasida hodisa joyidan ketib qolgan transport vositasi va uning haydovchisi aniqlanmagan holda etkazilgan zarar sug`urta idoralari tomonidan qonunda belgilangan tartib asosida qoplanadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!