Xitoy OAV vakillari O`zDJTUga tashrif buyurdi (Foto)

11:47, 02 aprel

Xitoyning Shansi provinsiyasidagi etakchi ommaviy axborot vositalari vakillari Xie Nan, Zou Junzhe, Jia Yufeng hamda Xiao Xiaoliang O`zbekiston davlat jahon tillari universitetiga tashrif buyurishdi. Bu haqda universitetning Facebook`dagi sahifasi xabar bermoqda

  

Xalqaro jurnalistika fakultetida xitoylik hamkasblar bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida mehmonlar universitet tuzilmasi, ta`lim jarayoni, xitoy tilini o`rganish uchun yaratilgan imkoniyatlar haqidagi ma`lumotga ega bo`lish bilan birgalikda, bevosita OAV sohasida tayyorlanayotgan kadrlar bo`yicha bir qator takliflarni o`rtaga tashlashdi.

 

Ma`lum bo`lishicha, endilikda O`zDJTU, Xalqaro jurnalistika fakulteti va Xitoyning Shensi provinsiyasi OAV o`rtasida kadrlar almashinuvi orqali tajriba o`rganish jarayoni yo`lga qo`yilishi mumkin.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!