OAV: Rossiyaning SU-24 samolyoti uchuvchisi qotili firibgarlikda ayblanmoqda

12:00, 02 aprel

Alparslon Cherik ismli jangari SU-24 uchuvchisi Oleg Peshkovni o`ldirganini bo`yniga oldi. U firibgarlik va qurol saqlash qoidalarini buzganlikda ayblanib, hibsga olingan edi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

U Suriya turkmanlariga yordam sifatida yig`ilgan pul mablag`ini o`zlashtirishda, soxta pul yasaganlikda va sheriklaridan birining qamoqxonadan qochishiga yordam berganlikda ayblandi.  

Sud Chelikning qotillik qilgani uchun emas, balki yuqoridagi ayblari uchun hukm chiqarishi ko`zda tutilgan. Jinoyatchini so`roq qilgan prokuror qotillikka oid savol berganda, uning advokati bu savolning ishga aloqasi yo`q deb javob bergan. 

Chelik qo`lga olingandan keyin polisiya uning uyida tintuv o`tkazgan va bir nechta pistolet, avtomat, ov quroli, rasiya topgan. Jinoyatchining ilgari ham 2,5 yilga sudlangani, ammo noaniq sabablarga ko`ra jazoni o`tamaganligi ma`lum bo`lgan. 

Eslatib o`tamiz, 2015 yilning noyabr oyida Rossiyaning SU-24 qiruvchi samolyotini Turkiyaning F-16 qiruvchi samolyoti urib tushirgan. Samolyot Turkiya chegarasidan 4 km uzoqlikka kelib qulagan. Samolyot uchuvchisi Oleg Peshkov jangarilar tomonidan otib o`ldirilgan. Unga Rossiya qahramoni unvoni berilib, 2 dekabr kuni Rossiyaning Lipesk shahriga dafn etilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!