San`atkorlar navbatdagi ijtimoiy aksiyada ishtirok etmoqda(Foto)

12:46, 02 aprel

Bugun o`zbek san`ati vakillari YuNISEFning yana bir loyihasini birgalikda qo`llab quvvatladi.

2 aprel Butunjahon autizm muammosi to`g`risidagi axborotni tarqatish kuni nishonlanadi. 

Shu munosabat bilan yurtimiz san`ati vakillari YuNISEFning ushbu kunga bag`ishlangan loyihasini birgalikda qo`llab quvvatlashga qaror qilishdi. 

San`at vakillari “Boshqalardan farq qilish – tabiiy hol#” xeshtegi bilan surtaga tushib, uni ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga joylashmoqda.

Ana shu aksiya ishtirokchilaridan biri aktrisa Yulduz Rajabova xususan o`z sahifasida quyidagi so`zlarni yozib qoldirdi: 

“Autizm – bu kasallik emas... Shunchaki biz har xilmiz... Shunchaki biz har xil yaratilganmiz... Autizm kuzatilgan insonlar o`zgacha fikrlaydi xolos... Boshqalardan farq qilish tabiiy hol...” 

Aktyor Adiz Rajabov:

Dunyodagi har 88 bolaning birida Autizm kuzatilishi mumkin. Bunday bola tashqi ko`rinishdan boshqalardan farq qilmaydi. U o`zgacha fikrlaydi xolos. Boshqalardan farq qilish tabiiy hol!” 

Xo`sh, Autizm o`zi nima? 

Autizm bu insonning biz qabul qilgan me`yorlardan o`zgacha rivojlanishidir. Bunday odamlar atrofdagilar bilan munosabatga kirishishga qiynaladilar, hayotga va biz qabul qilgan qadriyatlarga o`zgacha qaraydilar. Yana  o`zgacha fikrlaydilar, o`zgacha gaplashadilar, ayrimlari, hatto, butun umr gapirmay o`tadilar.   Xuddi neyrotipik insonlar bir-biridan farq qilgandek, ular ham bir-birlariga umuman o`xshamaydilar. Bitta autistni bilaman degan odam, faqat bitta shu autistni biladi. Ular shunchalar o`zgacha. Mana shu o`zgacha odamlar bizningoramizda yashamoqdalar va bugun ularning bayrami!  Autizmga aloqasi bor barcha yurdoshlarimizga sog`lik-salomatlik tilaymiz! Ishoning , sizning mashaqqatli mehnatingiz  zoe ketmaydi!

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!