1 aprelda aldanganlar: Birini uylantirib qo`yishdi, yana biriga esa mashinasining o`g`irlanganini aytishdi

13:19, 02 aprel

1 aprel — hazil va mutoyiba kunida hatto eng jiddiy va uncha-muncha hazillarga chuv tushmaydiganlar ham aldanib qolishlari hech gap emas. O`zbek estrada xonandalari ham hazil kunida qanday aldanganlri haqida “Sabo” gazetasi bilan suhbatda so`zlab berdi.

Otabek Mutalxo`jaev:
“Yolg`onga chuv tushgan payti ko`p bo`lgan. Birgina yolg`onning ortidan ko`plab mashmashalar ham yuzaga kelgan. Eng ishonarli yolg`on, meni Shahzoda Muhammedovaga “uylantirib” qo`yishgan. “Hazil qilamiz” deyishgandi, rozi bo`lgandim. Ko`pchilik buni rost, haqiqat deb o`ylagan.

Oypopuk Eshonxonova:
“1 aprel kuni yolg`on gapirishsa, xafa bo`lish noo`rin. Bir necha yil oldin dugonalarim va o`g`lim juda qattiq hazil qilishgandi. Viloyatga xizmatga ketganimda yangi olgan mashinamni poytaxtda qoldirgan edim. Avvaliga dugonalarimdan biri qo`ng`iroq qilib, ‘Mashinang o`g`irlangan ekan, ichki ishlar bo`limidan kelib ketishdi, tezda safardan qaytar ekansan’, dedi. Shosha-pisha o`g`limga qo`ng`iroq qildim. Uni ham hazilga aralashtirshgan ekan. Darrov bu gapni o`g`lim ham tasdiqladi.  Ishonasizmi, xizmat qanday o`tganini bilmaman. Ming xayolda Toshkentga kelsam, mashina uyda turibdi”

Umidaxon: 
“Ishonasizmi, 1 aprel kuni tongdanoq aldanishni boshlayman. Ko`pchilik darrov aldab qo`yadi. O`zim gapirsam, ishontira olmasligim aniq. Dugonalarim birinchi meni aldashadi. Yaqinlarimga sekin gapirsam aldayotganimni bilib qolishadi. Chunki bir vaqtning o`zida yolg`onim o`xshashi uchun miyamda ham fikrlayman, ham gapiraman”.

Dilnoza Ismiyaminova:  
“Bir necha yil avval hamkasbim Lola Ahmedova boplab aldagan. Talabalik yillarimizda maxsus fanlarning biridan qiynalib yurgandim. 1 aprel kuni ekanligi esimda yo`q, institutga kelsam, Lola ‘Dilnoza,tez domlaning oldiga kirar ekansan,muddatdan oldin imtihon olarkan. Sessiya payti ta`tilga ketarkan’, deb qoldi. Nima qilishni bilmayman, chunki imtihonga hali ancha vaqt bor edi. Boshqa qizlar ham uning gapini tasdiqladi. Mening galim kelganini aytishganida, qo`rqa-pisa domlaning xonasiga kirdim. ‘Domla keyinroq tayyorlanib kelib, topshirsam bo`ladimi? Tayyor emasman’,dedim. Domla hayron bo`lgancha nimalardir deb urishib chiqarib yubordi. Chiqsam qizlar aprel xazili ekanini aytishdi”.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!