Ramzon Qodirov: “Farzandlarim siyosatchi bo`lishini xohlamayman”

18:50, 02 aprel

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning farmoni bilan Chechiniston respublikasi prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimiga tayinlangan Ramzon Qodirov jurnalistlarga intervyu berib, ularning ko`plab savollariga javob berdi, deb yozadi “Vesti”.

Qodirovning aytishicha, agar bolaligida kimdir unga ishlashini, buning ustiga siyosatchi bo`lishini aytganida, u o`sha insondan nafratlangan bo`lar edi. "Men buni umuman tushunmagan bo`lardim", — deydi Qodirov.

 "Men xuddi ota-bobolarim kabi yashashni va pul topishni xohlagan bo`lardim. Ular ruhan erkin insonlar bo`lgan. Umuman olganda esa yaxshi yashashgan. Ularning barchasida chorva,er,mazali taomlar, kiyim-kechaklar,yaxshi uylar bo`lgan. Ularning hech biri davlat ishida ishlamagan”.

Shuningdek, Chechiniston rahbari farzandlari haqida ham gapirib o`tdi. U o`g`illarini harbiy xizmatga tayyorlamoqda hamda ularning siyosatchi bo`lishini istamaydi. “Ular siyosatdan tashqari istagan ishlari bilan shug`ullanishsin. Men ularga har doim shunday deyman: aqlli inson siyosatga aralashmaydi. Bu juda qiyin, bu ulkan mas`uliyat”,—deydi u.

Ramzon Qodirovning Chechiniston prezidenti lavozimidagi muddati 5 aprel kuni nihoyasiga etadi. Mazkur lavozimda u 2007 yildan beri faoliyat yuritadi. Qodirovning aytishicha, u qayta bu lavozimga o`tirishi haqida bir qarorga kelganicha yo`q. 25 mart kuni Vladimir Putin Ramzon Qodirovni prezident vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinladi.

 

 

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!