Messi Barak Obamaning qizlariga sovg`a berdi

19:35, 02 aprel

“Barselona” hujumchisi Lionel Messi AQSh prezidenti Barak Obamaning qizlariga o`z dastxati tushirilgan Argentina terma jamoasi futbolkalarini hadya etdi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.

Futbolkalarda Obamaning ikki qizi Maliya va Sashaning ismlari yozilgan. AQSh prezidenti futbolkalarni mamlakatga tashrifi chog`ida Argentina prezidenti Maurisio Makrining qo`lidan qabul qilib olgan. Ayni shu tashrifi paytida Barak Obama qizlarining Messi bilan uchrashishni istashini aytgan edi.

 

 

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!