Alisher Fayzning “Maktub”i tayyor bo`ldi (Foto)

22:23, 02 aprel

May oyida o`tishi rejalashtirilgan konsert dasturiga tayyorgarlik ko`rayotgan O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Alisher Fayz “Maktub” taronasiga klip suratga olishga ham ulgurdi.

Qo`shiq matni Iqbol Mirzo qalamiga mansub, musiqasi Fazliddin Rahmonga tegishli.

Klip tasvirchi Muzaffar Yusupov tomonidan Mirmaqsud Ohunov rejissyorligida suratga olindi.

Tez kunda klip muxlislar hukmiga havola etiladi.

Bizni kuzatib boring!

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!