Ozodbek Nazarbekov ogohlantiradi! (Video)

22:53, 02 aprel

O`zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov yangi konsert oldidan muxlislarini qalbaki taklifnoma chiqqanligidan ogohlantirdi.

Ma`lumotlarga ko`ra, 2016 yilning aprel oyida taqdim etiladigan “Mehring sabab” deb nomlangan konsert dasturiga qalbaki taklifnomalar tarqalgan. Qalbaki taklifnomalarni haqiqiysidan ajratib bir nechta jihati bor.

Birinchidan, qalbaki taklifnomaning qog`ozi sifatsiz va yupqa;

Ikkinchidan, qalbaki taklifnomada qator va joy raqamlari ruchkada yozilgan bo`lsa asl taklifnomada pechatlangan;

Uchinchidan, haqiqiy taklifnoma maxsus gallogrammaga ega;

Eng so`nggi farqi haqqoniy taklifnoma sotilmaydi, u faqat taklif etilganlarga beriladi.

Haqqoniy va qalbaki taklifnomalarni quyidagi video orqali ham farqlab olishingiz mumkin.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!



Гость 09:17, 07 aprel
битта саволга жавоб берила санаткорла 15 кунлаб концерт берасила хеч булмаса бир кундан тушган маблагни хайрия килганмисизлар бирон бир ётган касални даволашга ёрдам берганмисизлар ёки сизларни факат сохта таклифномалар кимлар келдию кимлар кетгани кизиктирадими шахсан Озодбек Назарбеков бирон концертингизга кариялар уйига ногиронларга таклифнома таркатганмисизлар шулар хакида хам малумот беринглар факат санаткорларнинг хаётидаги булар булмас арзимас нарсаларни ёзгандан кура