“El-klasiko”da Ronaldu ko`proq gol urganmi yoki Messi?

23:22, 02 aprel

Bugun Ispaniya chempionati 31-tur markaziy o`yinida “Real” safarda “Barselona”ga qarshi bahs olib boradi.

“El-Klassiko” deya nom olgan ushbu uchrashuv haqida qiziqarli ma`lumotlar berishda davom etamiz. 

“Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu va “Barselona” etakchisi Leo Messi o`zaro “El-Klassiko”larda qancha gol kiritgani Sizni qiziqtirsa, quyidagi ma`lumotlar Sizga manzur bo`ladi. 

2009 yildan buyon, ya`ni Ronaldu “Real” a`zosi bo`lganidan so`ng azaliy raqiblar jami 24 marotaba “El-Klassiko”da ro`baro` kelishgan. Ushbu o`yinlada Messi 15 bor raqib darvozasini ishg`ol qilib, 10 marotaba assistentlik qilgan. Ronaldu hisobida 15 gol va 2 assistentlik mavjud. Demak, ularning urgan gollari soni bir xil. 

Shu o`rinda ta`kildash kerakki, Lionel Messi o`z faoliyatida jami 31 ta “El-Klassiko”da ishtirok etib, 21 ta gol kiritishga muvaffaq bo`lgan. 

Eslatib o`tamiz, Ispaniya chempionati doirasidagi “Barselona” - “Real Madrid” uchrashuvi bugun, 2 aprel kuni soat 23:30 da bo`lib o`tadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!