Xorazmda talonchilar qo`lga olindi

09:36, 04 aprel

Xorazm viloyati Urganch tumani ichki ishlar bo`limiga Shovot tumanida yashovchi 38 yoshli fuqaro murojaat qilib, uch noma`lum shaxs uni qo`rqitib, 400 ming so`m puli va "Samsung " rusumli qo`l telefonini tortib olib voqea joyidan yashiringanligini ma`lum qilgan.

Ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida, ushbu talonchilik jinoyatini Urganch shahrida yashovchilar 30 yoshli, 28 yoshli va 25 yoshli fuqarolar sodir etganligi fosh etilib, qo`lga olindi.

O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur holat bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!