O`zbekiston dunyoning eng boy mamlakatlari ro`yxatida

10:05, 04 aprel

Amerikaning Global Finance Magazine nashri 185 mamlakat ishtirokidagi eng boy mamlakatlar ro`yxatini tuzdi. Ushbu ro`yxat Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg`armasi bergan ma`lumotlar asosida tuzilgan.  

Ro`yxat tuzilayotganda mamlakatdagi inflyasiya darajasi, narx-navo va aholining xaridorlik qobiliyatini hisobga olingan. 

Mazkur ro`yhatda O`zbekiston 127-o`rinni ($5963) egallagan. 

Sobiq MDH davlatlari ichidan Litva eng boy mamlakatlar sifatida 41-o`rinni egallagan bo`lsa, Estoniya 42 o`rinni egalladi. Bu erda yalpi ichki mahsulot aholi boshiga 28245$ va 27729$ dollarni tashkil etadi. 

Global Finance Magazine nashri dunyoning eng boy mamlakati deb, birinchi o`rinni Qatarga berdi. (Yalpi ichki mahsulot aholi boshiga – 146000$ dollarni tashkil etadi). Ikkinchi o`rin Lyuksemburg (94167$), uchinchi o`rin esa Singapurga nasib etdi (84821$). 

Eng boy mamlakatlar 25 taligiga nashr Bruney, Quvayt, Norvegiya, BAA, Gonkong, AQSh, Shveysariya, Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Niderlandiya, Irlandiya, Avstraliya, Avstriya, Shvesiya, Germaniya, Tayvan, Kanada, Daniya, Oman, Islandiya, Belgiya va Fransiya davlatlarini kiritgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!