“Real Madrid” bir kishi kam bo`lib “Barselona”ni mag`lubiyatga uchratdi

10:31, 04 aprel

Ispaniya chempionati 31-turida Madridning “Real” jamoasi safarda “Barselona”ni 2:1 hisobida mag`lubiyatga uchratdi. 

Uchrashuvning birinchi bo`limida hisob ochilmagan bo`lsa-da, ikkinchi bo`limda Jerar Pike hisobni ochdi. Uning goli 56-daqiqaga to`g`ri keldi. 62-daqiqada Karim Benzema muvozanatni tikladi. 

O`yinning 83-daqiqasida “Real” sardori Serxio Ramos qizil kartochka olib, jamoasini og`ir ahvolda qoldirdi. Lekin madridliklar iroda va matonat namoyish qilib, yana bitta gol urishdi. Krishtianu Ronaldu 85 daqiqada gol kiritib, “Real”ga muhim g`alaba keltirdi. 

Ispaniya chempionati, 31-tur
Barselona – Real Madrid 1:2
Gollar: 1:0 – 56 Pike, 1:1 – 62 Benzema, 1:2 – 85 Ronaldu. 
Barselona – Bravo, Pike, Alba, Dani Alves, Buskets, Rakitich (Turan, 74), Maskerano, Inesta, Neymar, Messi, Suares.
Real Madrid – Navas, Pepe, Marselo, Karvaxal, Ramos, Modrich, Kazemiro, Kroos, Beyl (Beyl, 90), Ronaldu, Benzema (Xese, 78).
Ogohlantirishlar: Ramos (10), Karvaxal (18), Suares (27), Maskerano (29), Rakitich (58).
Chetlatish: Ramos (83).

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!