“Muhabbat tafti”: Arnav bedarak yo`qoldi, Kxushi esa o`z joniga qasd qilmoqchi...

10:54, 04 aprel

Siz sevib tomosha qilayotgan serial voqealari atrofida shov-shuvga arzirli yangiliklar ko`paymoqda. Shyamning  asl niyati tez kunlarda fosh bo`ladi. Ammo Arnavning tushunarsiz harakatlariga qanday izoh bor? Kxushi-chi, u qanday yo`l tutadi? Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz. 

•  Arnav, Kxushini ranjitgani uchun o`zini aybdor biladi. Qattiq o`ylanganidan tushida ham Kxushining qo`lidan tutib turganini ko`radi. Kxushi esa Arnavning kundaligini topib oladi. Undagi o`zgarishlar sababini bilish uchun kundalikni varoqlashga tushadi. 
•  Lavane bilan telefon orqali suhbatlashayotgan Arnavning so`zlarini eshitib qolgan Kxushi, meni gumdon qilib, o`zi Lavanega uylanmoqchi degan xayolga boradi. Nahot shu rost bo`lsa?
•  Arnav yirtilgan sumkasini ko`rib qoladi. Xolasi bu kalamushlarning ishi degach, undan kemiruvchilar uchun zahar keltirishni so`raydi. Ularni kuzatib turgan Kxushi esa zahar men uchun atalgan deb o`ylaydi. Shyam, Anjaliga ziyon etkazmoqchi bo`ladi. Ammo o`zi bilmagan holda uning hayotini saqlab qoladi. 
•  Kxushi o`z joniga qasd qilmoqchi. Uni bunga nima majbur qildi?  
•  Oilasi va Arnavga maktub qoldirib, Kxushi baland binoning yuqori qavatiga ko`tariladi. U o`zini pastga tashlamoqchi. Xatni o`qigan Arnav qizni qutqarib qoladi. 
•  Nihoyat Arnav sirni fosh etdi. Uning Kxushiga uylanishi, Anjalining nikohini saqlab qolish uchun qilingan ish edi. 
•  Arnav, Kxushi va Shyamning fotihasi allaqachon bekor bo`lganidan xabar topib, «bu sen o`ylab topgan navbatdagi bahona, ishonmayman»  deydi. Shyam, olovga moy sepib, ikkisining munosabatlariga yanada sovuqchilik soladi. U Kxushindan hujjatlarga imzo chekishni talab qiladi. 
•   Kxushi hujjatlarga imzo qo`yishni istamaydi. Shyamning rejasini fosh qilgani uchun u o`zidan havotirda.  
•  Shyam nazarda tutgan hujjatlar imzolanadi. Kxushi, Anjalining onasi tavallud topgan kundan xabar topadi. Arnavning xonasida xujjatlarni tartibga keltirayotgan Shyamdan,  Kxushi  Arnav bilan uchrashishni so`raydi. 
•  Shyam, Kxushi yashirib qo`ygan haqiqiy hujjatlarni topib oladi. Anjali Payyalga idish-tovoqlar turadigan jovonni qulflab qo`yishni aytadi. Babbli jovon ichiga yashirinadi. 
•  Kxushi hujjatlar yo`qligini bilib, bu ishda Shyamdan gumonsiraydi. Nani, Kxushi va Payyalga Manoramaning akasi Chanduni tanishtiradi. 
•  Arnavning uyali telefonidan Kxushinga xabar keladi. Qizig`i, bu Arnavning nomasi emas, balki notanish kimsa tomonidan yo`llangan maktub. Nani xavotirga tushib qolgan Kxushinni tinchlantirishga urinadi. Kxushi va Babblining birgalikdagi suratini ko`rib qolgan Manorama o`sha kundan buyon shubhada. Kxushi Shyamning diplomatini topib oladi. 
•  Arnavning raqamidan kelgan noma Kxushini sarosimaga solib qo`yadi. Kxushi, taom olib kelgan Shyamning yoqasidan olib «Arnav qaerda?» deb dod soladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!