“Real Madrid” “Barselona”ning 39 o`yinlik mag`lubiyatsiz seriyasiga yakun yasadi

10:58, 04 aprel

“Real Madrid” jamoasi “Barselona”ga qarshi Ispaniya chempionatining 31-turida “Kamp Nou”da prinsipial raqibini 2:1 hisobida mag`lubiyatga uchratib, kataloniyaliklarning mag`lubiyatsiz seriyasiga yakun yasadi. 

“Barselona” himoyachisi Jerar Pikening goliga “Real” safida Karim Benzema hamda Krishtianu Ronalduning o`z gollari bilan javob qaytardi.

Shu tariqa, “Barselona”ning barcha musobaqalardagi 39 o`yinlik mag`lubiyatsiz seriyasiga chek qo`yildi. So`nggi bor kataloniyaliklar 2015 yilning 3 oktyabrida chempionat doirasida “Sevilya”dan (1:2) mag`lub bo`lishgandi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!