Hindistonda sigirning nikoh to`yiga 300 kishi tashrif buyurdi

11:03, 04 aprel

Hindistonning Gujarot shtatida ho`kiz va sigirning nikoh to`yi nishonlandi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda

To`yi bo`layotgan hayvonlarga hind milliy kiyimlari kiydirildi. “Juftlik” barcha hind urf-odatlariga mos tarzda nikohlandi. Ho`kiz to`yga roziligini ma`rash bilan bildirdi. To`yga 300 nafar mehmonlar tashrif buyurdi. To`y hayvonlar egasiga 180 ming funt sterlingga tushdi. 

Ma`lum bo`lishicha, mazkur to`y Hindistonning muqaddas jonivori sigirlarni o`ldirishga qarshilik aksiyasi tarzida nishonlangan.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!