Smartfonni so`z bilan parollaymiz

11:22, 04 aprel

Ko`pincha uyali aloqa foydalanuvchilari uyali aloqa telefonlaridagi ma`lumotlarni, SMS, Kontakt, qo`ng`iroqlar ro`yxati, Telegram, Whatsapp  kabi dasturlaridagi shaxsiy ma`lumotlarini sir saqlashni xohlashadi. Quyida beriladiga dasturlar ana shu kabi foydalanuvchilar uchun ayni muddao. Endi siz uyali aloqa vositangizni turli parollar bilan emas, balki o`z ovozingiz, barmoq izingiz, yuzingiz orqali ocha olasiz. Sizdan boshqa foydalanuvchi sizning telefoningizga kirib ma`lumotlaringizni ko`ra olmaydi. Ma`lumotlaringiz o`zingizdan boshqalar uchun sirligicha qoladi.

Android qurilmalari uchun:

Fingerprint Locker Shutki

Dasturi haqida qisqacha: 
Ushbu dastur boshqa har qanday qulflash dasturlariga nisbatan ishonchli va juda qulaydir. 
Qanday qilib ishga tushirish mumkin?
  Fingerprint Locker Shutki dasturini yuklab olib o`rnatganingizdan so`ng parol sifatida siz bosh barmog`ingizni ekranga to`laligicha bosib, parolni kiritasiz.

Qulayliklari:
 1. Ma`lumotlarni o`ta oddiy va ishonchli tarzda saqlashi 
2. Dasturni o`rnatish va foydalanishning qulayligi
3. Boshqa turli qulflash dasturlari singari o`ta mukammal emasligi va vaqtni tejashi
4. Zaruriy holatda kirishingizga noqulayliklar va vaqtingizni oladigan boshqa parol yoki naqshli qulflash dasturlariga nisbatan foydalanish juda ham oson. 
Umumiy hajmi: eng so`nggi versiyasi Fingerprint Locker Shutki 2.3 bo`lib, uning umumiy hajmi 7.3MB ni tashkil etadi.
Yuklab olish

Voice Locker
Dastur haqida qisqacha: 

Buni qarangki, ovozingiz orqali aytilgan so`z, harf, gap va boshqalar bilan ham o`z mobil qurilmangizni ximoyalashingiz mumkin ekan. Zamonaviy Voice Locker dasturi o`z cmartfoningizda ovoz qulfini yaratishda ko`maklashadi. 
Qanday qilib ishga tushirish mumkin? 
Dasturni berilgan link orqali yuklab olganingizdan so`ng, o`z qurilmangizga muammosiz o`rnating. Dastur o`z mobil telefoningizga o`rnatilgandan keyin qulflash uchun o`z parol ovozingiz (so`z, harf, gap va boshq.)ni kiriting. So`ngra buni sinab ko`ring! Juda qiziqarli va ishonchli dastur. Dasturni ishga tushirish juda oddiy va qulay.

Qulayliklari: 
1. Yoshi katta foydalanuvchilar uchun ham juda oddiy va qulay
2. O`rnatilgandan so`ng dastur ishlash jarayonidagi muammolarning kelib chiqmasligi
3.  Hech qanday WiFi va boshqa qo`shimcha qurilmalarning ulanmasligi.
Umumiy hajmi: 7.3 MB
Yuklab olish oynasi:
 
Eye App Lock
Bu dastur o`z mobil qurilmangizni sizning ko`zingiz bilan himoyalaydi. Qanday qilib demoqchimisiz? Bu dasturda himoyalovchi kod bu sizning ko`zingiz hisoblanadi. 

Siz qulf sifatida ekranda ko`z brauzeridan foydalanishingiz mumkin. Bugungi dunyo doimiy aqlli va oson rivojlanmoqda. Shuning uchun bu kabi dasturlar faqat insonlarni ish samaradorligini oshirish hamda ularga yangi ilg`or texnologiyalardan foydalanishlariga turtki bo`lmoqda. 

Qulayliklari: 
1. Ko`z orqali himoyalovchi dasturlar ko`rish, ayniqsa, himoya qilish maqsadida qulfini qulflash uchun sizga eng yaxshi autentifikasiyalardan biri hisoblanadi.
2. Ushbu dastur sizlardan biron-bir texnik bilim talab qilmaydi, u juda oddiy va sodda tuzilgan va barcha uyali aloqa foydalanuvchilariga (yoshidan qat`i nazar) mo`ljallangan.

Ko`rsatmalar:
Dasturni yuklab olgach, uni o`z uyali aloqa telefoningizga o`rnating. Dasturni to`laligicha ishga tushirish uchun quyidagilarni bajaring:
1. Ko`zlaringizni ekrandagi belgilangan nuqtalarga sozlang
2. Ko`zlaringni moslagach, parolni o`rnating
3. Ekran qulfini yoqish yoki ilova qulfini yoqing
4. Ko`rsatilgan ilovalar bo`yicha o`zingizga ma`qul kelgan ilovani belgilang.
Bu ilg`or ko`zli ekran himoyalovchi qulfidan Android tizimidagi foydalanuvchilar bahramand bo`lishlari mumkin. 
Agar bu dastur bilan bog`liq turli muammolarga duch kelsangiz, yuklab olishdan oldin berilgan linkdagi ma`lumotlar bilan yana bir bor tanishib chiqing. Umumiy hajmi: 5.3 MB
Yuklab olish oynasi:

Screen lock number
Dastur haqida:
Ushbu dastur real hayotda sayohat chamdon qulfi kabi sizning mobil qurilmangizni himoyalovchi dastur. 
Foydalanilgan himoya paroli foydalanuvchi tomonidan tanlangan raqamlar ketma-ketlikni o`zgartirish mumkin. Foydalanuvchilar uchun bu xavfsizlik dasturidir, shuningdek, ko`ngilochar dastur hamdir.
Hajmi: 2.7MB
Yuklab olish:

Teddy Bear Zipper Lock 
Mana, nihoyat muhtaram onajonlarimiz va opajonlarimiz uchun munosib dastur. Ushbu dastur asosan ko`ngilochar dasturlar sirasiga kiradi. Bu dasturga xech qanday parol so`z yoki raqam kiritilmaydi. Ushbu ajoyib dastur ayollarimiz doimo foydalanadigan qo`l sumkasinini esga soladi. Faqat unda ikkita ayiqcha tasviri tushirilgan. 
Sumkangiz kabi qo`l telefoningizni ham qulflashni xohlaysizmi? 
Ayni muddao, unda bu dasturni hoziroq o`rnating.

Qanday foydalaniladi?
- Quyida berilgan linkdagi web sahifaga tashrif buyurib, dasturni qurilmangizga yuklab, so`ng uni mobil telefoningizga o`rnating.
- Dasturni ishga tushiring
- Dastur ishlaganiga ishonch xosil qiling
- Ekran qulfidagi jajjigina ayiqchani bir yo`nalishda xuddi sumkanikidek pastga torting.
Afzalliklari:
- Oddiy va oson foydalanish
- Turli parol va so`zlarni unutib qo`yilishi oldini olish
- Ekranda qulf xolatida ham raqamli vaqt va sana namoyish etishi
- Dastur Android tizimidagi uyali aloqa vositalari va planshetlar uchun mo`ljallanligi
- Teddy Bear Zipper Lock  dasturi  HD Graphicsligi
- ajoyib va chiroyli o`yinchoqni fondagi rasmda joylashganligi.
Yuklab olish:
Hajmi: 3.3 MB


TELEGRAM, WHATSAPP MA`LUMOTLARINI HIMOYaLAShNI ISTAYSIZMI?
Bu kabi dasturlardan tashqari faqat bir bo`lim yoki ma`lum bir programmani himoyalovchi dasturlar ham mavjud. Masalan: Gallery bo`limi, qo`ng`iroqlar tarixi, Kontakt, SMS xabarlar, Telegram, Whatsapp  va boshqalar. 
Xo`sh, bu kabi dastur va bo`limlarni qanday himoyalash/parollash mumkin? 
Buning uchun sizlarga quyidagi yangi, qulay hamda muammosiz ishlaydigan dasturlarni tavsiya etamiz:

1.   File Locker

     Hajmi: 1.5 MB
   
  Yuklab olish:  

 

2.  Photo & Video Locker

Hajmi: 2.9MB
Yuklab olish: 


3.  Gallery Lock (russkiy)

Hajmi: 7 MB
Yuklab olish: 


4.  Message Locker – SMS Lock

Hajmi: 5.2 MB
Yuklab olish: 


5.  File locker - Lock any File


Hajmi: 0.2MB 
Yuklab olish: 

Humoyun TURSUNOV,
NamDU talabasi

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!