Yaponiyaliklarning ish vaqtida vafot etishi tez-tez kuzatilmoqda

11:30, 04 aprel

Yaponiyada ish vaqtida charchoqdan vafot etgan xodimlarga tovon puli to`lash hollari ko`paydi, deb xabar beradi Reuters.

Xususan, ish vaqtida vafot etgan xodimlarning qarindoshlari ish beruvchi ustidan sudga murojaat etish holatlari bir yilda bir yarim ming marta kuzatilgan.  Yaponiyada hatto ish vaqtida vafot etishni ifodalaydigan maxsus termin ham bor. U “karoshi” deb ataladi.

“Mamlakat hukumati mazkur masalaga jiddiy yondoshmoqda. Asl muammo ish soatlarining kamaytirilishi bilan bog`liq. Bu masala tez orada o`z echimini topadi”,—deydi hukumat vakillari.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!