5 apreldan 13-tramvay yo`nalishda 13-T avtobus qatnovi boshlanadi

11:52, 04 aprel

28 mart kuni Toshkent shahrida avtomobil yo`llari va ko`priklar qurilishi, ba`zi yo`nalishlardagi tramvay yo`llarining demontaj qilinishi bilan bog`liq masalalarga bag`ishlangan matbuot anjumani bo`lib o`tgan edi.

Anjumanda har bir yo`nalishda aynan shu yo`nalishda yuruvchi transport ekanini anglatib turishi uchun shu raqam oldiga “T” belgisi qo`yilgan avtobuslar hali tramvay yo`llari buzilishidan bir oy oldindan boshlab parallel ravishda harakatga qo`yilishi ta`kidlangan edi. 

Bu jarayon bosqichma-bosqich davom etadi. Masalan, 5 apreldan boshlab, (tramvay harakati to`xtatilmagan holatda) 13-tramvay yo`nalishda 13-T avtobus qatnovi boshlanadi. Qolgan 5 tramvay yo`nalishi ishi ham shu tariqa to`xtatiladi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” kompaniyasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma`lumotlarga ko`ra, poytaxt yo`lovchi tashish transporti korxonalari tomonidan kuniga o`rta hisobda 1 millionga yaqin yo`lovchi tashiladi. Shundan atiga 20-25 ming nafari tramvayda, 70-80 ming nafari yo`nalishli va yo`nalishsiz taksida, 200 ming nafari metropolitenda, 700 ming nafardan ortiq yo`lovchi esa avtobus vositasida tashilmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!