O`zbekistonda 5 aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

11:57, 04 aprel

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 5 aprel kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, kechqurun yomg`ir yog`adi. Sharqdan esayotgan shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi kuchayib, sekundiga 12-17 metrgacha etishi mumkin. Kechasi 6-8, kunduzi 15-17 daraja issiq bo`ladi. 

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.  Kechasi 2-7,  kunduzi 12-17 daraja issiq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim tumanlarda yomg`ir yog`adi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba`zi joylarda kuchayib, sekundiga 15-20 metrgacha etadi. Kechasi 5-10, kunduzi 15-20 daraja issiq bo`ladi. 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim tumanlarda yomg`ir yog`adi. Sharqdan esayotgan shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba`zi joylarda shamol kuchayib, sekundiga 15-20 metrgacha etishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 13-18 daraja issiq bo`ladi. 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim tumanlarda yomg`ir yog`adi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba`zi joylarda kuchayib, sekundiga 15-20 metrgacha etadi. Kechasi 5-10, kunduzi 15-20 daraja issiq bo`ladi.   

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba`zi joylarda kuchayib, sekundiga 15-20 metrgacha etadi. Kechasi 5-10, kunduzi 13-18 daraja issiq bo`ladi. 

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ayrim tumanlarda yog`ingarchilik bo`ladi. 2500 metrdan baland hududlarda qor ko`chishi xavfi bor. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba`zi joylarda kuchayib, sekundiga 15-20 metrgacha etishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!