Pokistondagi toshqin oqibatida 53 kishi halok bo`ldi

15:25, 04 aprel

Pokistonning bir necha viloyatlari suv ostida qoldi.

Pokistonning shimoli-g`arbida shiddatli yomg`ir ta`sirida ro`y bergan kuchli toshqin oqibatida 52 kishi halok bo`lgan, deb xabar berdi “News.bigmir.net” nashri. 

2 aprel, shanba kuni boshlangan yomg`ir oqibatida Kashmir, Xayber, Xayber-Paxtunxva va Gilgit-Baltiston viloyatlari suv ostida qolgan. 

Toshqin mamlakatning qishloq joylariga katta talafot keltirgan. Hukumat qishloq aholisiga vaqtincha boshqa joylarga ko`chishni taklif qilmoqda. Yozgi mussonlar juda xavfli bo`lib, o`tgan yili ham uning oqibatida o`n kishi halok bo`lgan edi.

“Yomg`ir va toshqin oqibatida o`tgan dam olish kunida jarohat olgan o`nlab odamlar kasalxonaga yotqizildi”, deb ma`lumot berdi Assoshieyted Pressga bergan o`z intervyusida Pokistonning tabiiy ofat bilan kurashuvchi maxsus xizmati vakili Latif Rahmon. 

Toshqin ro`y bergan viloyatlarga zarur buyumlar, oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmon etkazib berilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!