Yosh bola bilan mashina boshqargan Munisa Rizaeva tanqidlarga uchradi(Foto va video)

15:35, 04 aprel

Xonanda Munisa Rizaeva yakshanba—dam olish kuni dugonasi va uning o`g`li bilan sayr qildi. Bu haqda xonanda o`zining Instagram`dagi sahifasida ma`lum qildi. Gap shundaki, xonanda ijtimoiy tarmoqqa joylagan suratda u oldida o`tirgan yosh bola bilan avtomobil boshqarib ketayotganini ko`rish mumkin. 

“Bugun biz kichkintoy bilan yomg`ir ostida sayr qilmoqdamiz” deya izohladi xonanda bu suratni. 

Surat internet foydalanuvchilari o`rtasida qizg`in muhokamalarga sabab bo`ldi. Kimdir bola bilan mashina boshqarishni qoralasa, yana kimdir xonandaning tizzasida o`tirgan bolakay unga kim bo`lishini so`ragan.

Munisa Rizaeva aksariyat savollarga javob qaytardi. Jumladan “Bu dugonamning o`g`li. Hali turmushga chiqmaganman, shunday ekan bu bola qanday qilib mening o`g`lim bo`lishi mumkin?” deya bolakayning unga kim bo`lishi haqidagi savolga javob berdi. 

Uning qoidabuzarligi haqidagi tanqidlarga esa xonandaning dugonasi, suratdagi bolaning onasi javob berdi. U xususan, suratga olingan paytda mashina to`xtab turganini aytib, dugonasining tarafini oldi. Odamlardan bag`rini kengroq qilishni so`radi.  

Xonandaning sahifasida yana bir videoga ko`zimiz tushdi. Unda xonanda erta tongda o`zi ijrosidagi qo`shiqni tinglab, mashina haydayotgani aks etgan. Videoda esa Munisaning bir qo`li mashina rulida, ikkinchi qo`li mashina saloni va tashqarini videoga olayotganini ko`rish mumkin.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!