“Islom davlati”ning Aleplodagi portlovchi qurilmalar ishlab chiqariladigan zavodi yo`q qilindi

15:41, 04 aprel

Suriya armiyasi Aleplo shahri yaqinida joylashgan “Islom davlati” terrorchilik guruhiga tegishli portlovchi qurilmalar va boshqa harbiy uskunalar ishlab chiqaruvchi noqonuniy zavodni yo`q qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda

Noqonuniy zavod jangarilar tomonidan qo`riqlanar edi. Mazkur joyda topilgan qoldiqlardan zavod portlovchi moslamalar ishlab chiqarish bilan shug`ullangani ma`lum bo`ldi.

“Biz ularni har tomondan qurshab oldik, biroq bu zavod portlovchi moddalar ishlab chiqarishidan xabarimiz yo`q edi. Ular qattiq qarshilik ko`rsatdi. Janglar bir necha kun davom etdi”,—deydi harbiylardan biri.

Ziddiyatlarga snaryad o`qining laboratoriyadagi portlovchi moslamalarni harakatga keltirishi oqibatida yuz bergan portlash nuqta qo`ydi. 

Portlash shu darajada kuchli ediki, hatto zavod laboratoriyasi joylashgan osmo`par bino qulab ketishiga bir baxya qoldi.

Suriyaning eng yirik shaharlaridan biri Aleplo 2012 yilda terrorchilar hujumiga uchragan. Hozirgi kunga qadar quroli to`qnashuvlarda shahar aholisi 2,5 million kishidan 1 million kishiga kamaydi. Hozirgi kunda shaharning bir qismi terrorchilar tomonidan nazorat qilinadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!