BMT: Tog`li Qorabog`dagi jangda 33 kishi halok bo`ldi

17:29, 04 aprel

2 aprelga o`tar kechasi Tog`li Qorabog`da vaziyat keskinlashdi: shiddatli to`qnashuvlar oqibatida tomonlar bir-birini ayblashdi, deb xabar berdi “Tass.ru” nashri. 

BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish bo`yicha boshqarmasi o`z hisobotida o`tgan dam olish kuni Tog`li Qorabog`da ro`y bergan shiddatli to`qnashuvlar oqibatida 33 kishi halok bo`lgani, 200 kishi yarador bo`lganini ma`lumot sifatida kiritib o`tdi.

“Rasmiy manbalarning ma`lumot berishicha, Armaniston va Ozarbayjonda kamida 30 ta harbiy askar, 3 nafar tinch aholi jangovor harakatlar oqibatida halok bo`lgan. Yarador bo`lgan harbiy askarlar va fuqarolar soni hozircha rasman tasdiqlanmagan. Norasmiy manbalarning ma`lumot berishicha, ularning soni 200 kishi bo`lgan”, – deyiladi hujjatda.

Ma`lumotlarga ko`ra, jang bo`lgan qishloqda 14,4 mingga yaqin aholi yashaydi. Ayni damda BMT “infrastrukturaning talafot ko`rgani, tinch aholi evakuasiya qilingani, gumanitar yordam ko`rsatilgani” haqida hech qanday ma`lumotga ega emas. Ozarbayjln hukumatining axborot berishicha, tinch aholi hech qaerga ko`chirilmagan, Armaniston tomondan  50 kishi Erevandan vaqtinchalik boshpana so`ragan. Har ikkala hukumat ham xalqaro gumanitar yordamga muhtoj emasligini bildirgan” – deyiladi yozma ma`lumotda.

Tomonlarning fikri

3 aprel kuni Armaniston mudofaa vaziri o`rinbosari David Tonoyan respublika har qanday vaziyatga, Tog`li Qorabog`ni mudofaa qilish uchun harbiy yordamga ham tayyorligini e`lon qilgan.  

Armaniston mudofaa vazirligida Tog`li Qorabog`ni mudofaa qiluvchi armiyaning Ozarbayjonning yarashish, “ilgarigi vaziyatni tiklash” haqidagi taklifini muhokama qilishga tayyorligini bildirgan. 

O`z navbatida Ozarbayjon prezidenti “mamlakat hududiy yaxlitligi hech qachon muzokaralar mavzusi bo`lmagan va bo`lmaydi ham” deb Bokuning prinsipial pozisiyasini e`lon qilgan. 

Tog`li Qorabog`dagi vaziyat

2 aprel kuni kechasi Tog`li Qorabog`da janjallashayotgan tomonlar shiddatli jangga kirishgan, shundan keyin tomonlar bir-birini yarashish qonun-qoidalarini buzganlikda ayblashgan. BMTning gumanitar boshqarmasi bergan xabarga ko`ra, Tog`li Qorabog`da nizo kelib chiqayotgan joyda 150 ming tinch aholi yashaydi. Shu bilan birga yagona xalqaro gumanitar agentlik bo`lib, bu tumanda Xalqaro Qizil Xoch qo`mitasi joylashgan.

BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish bo`yicha boshqarmasi vaziyatning keskinlashuvi tufayli Armanistonda BMT vakillari, xalqaro va mahalliy nohukumat tashkiloti vakillaridan iborat tezkor shtab tuzgan. O`z navbatida Ozarbayjonda ham BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish bo`yicha boshqarmasi hukumat bilan hamkorlikda gumanitar masalalarni muhokama qilib, nazorat qilmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!