“Real”ni Zidan boshqarganidan buyon Kazemiro maydonga tushgan barcha o`yinlarda g`alaba qozongan

17:33, 04 aprel

“Real” klubi yarim himoyachisi Kazemironing jamoadagi o`rni tobora katta ahamiyatga ega bo`lib kelmoqda. Zinedin Zidan “Real” bosh murabbiyi bo`lganidan keyin Kazemiro maydonga tushgan barcha o`yinlarda madridliklar g`alaba qozongan

“Real” fransiyalik mutaxassis qo`li ostida 15 ta o`yin o`tkazib, 12 ta g`alaba, 2 ta durang va 1 ta mag`lubiyat qayd etdi. «Real» g`alaba qozonmagan o`yinlarda Kazemiro ishtirok etmagan. 

Avvalroq, braziliyalik futbolchi ham Zinedin Zidan qo`li ostida ishlashni yoqtirishini aytdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!