OAV: Bryusselda teraktni amalga oshirgan terrorchi o`limi oldidan xat qoldirgan

17:38, 04 aprel

Bryussel aeroportida teraktni amalga oshirgan hudkush-terrorchi Ibrohim Bakrauy, o`limi oldidan xat qoldirgan, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri. 

Xabar berilishicha, terrorchi o`zining so`nggi xatida teraktga tayyorlanish jarayoni, uning qatnashchilari va ularning roli, kim ijaraga uy, kim portlovchi modda uchun kerakli ashyolarni topib kelgani haqida ma`lumot qoldirgan. Xatda besh nafar odam haqida so`z yuritiladi, ayni kunda ularning to`rt nafari huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qo`lga olingan. 

Nashrning yozishicha, polisiya ushbu xatni uning kompyuteridan topgan. Terrorchilar ijarada yashagan uylari oldidagi axlat qutiga kompyuterni tashlab yuborishgan.

Ibrohim Bakrauyning ma`lumot berishicha, uning sheriklari terroristik hujumga tayyorgarlik ko`rilayotganini anglashmagan. Ammo huquq-tartibot idoralari xodimlari bunga ishonmadi.

Ilgari Belgiya prokuraturasi tomonidan Parij va Bryusseldagi teraktlarni amalga oshirishda gumon qilingan shaxs ham qo`lga olingan edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!