2016 yilda neft-gaz sanoatida $20,6 milliardlik investisiya loyihasi amalga oshiriladi

10:00, 05 aprel

Milliy matbuot markazida neft-gaz sanoatida investisiya loyihalarini amalga oshirishga bag`ishlangan matbuot anjumani bo`lib o`tdi. Tadbir “O`zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi tomonidan tashkil etildi.

«Neftegazinvest» kompaniyasi raisining o`rinbosari Rustam To`laganovning so`zlariga ko`ra, mazkur hujjatga muvofiq, neft-gaz va neft-kimyo sanoatida tabiiy gaz hamda gaz kondensatini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo`shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi va turini kengaytirish rejalashtirilmoqda. Masalan, joriy yilda umumiy qiymati 20,6 milliard dollarlik 38 investisiya loyihasini amalga oshirish rejalashtirilayotir. 

Qandim konlar guruhini o`zlashtirish va zamonaviy gazni qayta ishlash zavodi barpo etish, Qo`ng`irot uchastkasida mahsulotni taqsimlash shartnomasi asosida geologiya-qidiruv ishlarini o`tkazish, tabiiy gazdan olefinlar ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish va polimerlar olish (polietilen, polipropilen), Sharqiy Berdax va Shimoliy Berdax konlarini jihozlash va siquv kompressor stansiyasi qurish va boshqa loyihalar neft-gaz sanoatidagi yirik investisiya loyihalari sirasiga kiradi.

Shuni qayd etish kerakki, ushbu loyihalar «Lukoyl Oversiz Ltd», «Gazprom», «Petromaruz» (Rossiya), «Samsung Injiniring», «EnKey», «JiEs Injiniring», «KeyDiNavien», «XyundayBiEs end Si» (Janubiy Koreya), «SiEnPiSi», «SiNouDiSi», «Shangdon Kerui Petroleum Ekvipment» (Xitoy), «Sasol» (JAR) kabi va jahondagi boshqa etakchi kompaniyalar ishtirokida hayotga tatbiq etiladi.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!