Odil Ahmedovning goli va golli pasi “Krasnodar” g`alabasini ta`minladi

10:03, 05 aprel

Rossiya chempionati 22-turida “Dinamo” jamoasi o`z maydonida “Krasnodar” futbolchilarini qabul qildi. Unda 1:4 hisobida “buqalar” g`alaba qozondi.

E`tiborga molik jihati shundaki, “Krasnodar” safida to`p surayotgan O`zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov 1 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilib, jamoasining yirik g`alabasiga hissa qo`shdi.  

“Dinamo” – “Krasnodar” 1:4 (1:1, 0:3)

Gollar: 1:0 – 27, penalti Ionov, 1:1 – 31, penalti Mamaev, 1:2 – 47 Podberezkin, 1:3 – 69 Smolov, 1:4 – 82 Ahmedov.

“Dinamo” – Gabulov, Jivoglyadov, Dyakov, Xolmen, Morozov, Eshenko, Sosnin, Dragun (Kuzmin, 55), Zobnin (Tashaev, 77), Bechiray (Pogrebnyak, 46), Ionov.

“Krasnodar” – Krisyuk, Kaleshin, Sigurdsson, Grankvist, Petrov, Pereyra, Kabore, Ahmedov, Mamaev (Bistrov, 79), Smolov (Markov, 82), Podberezkin (Ari, 64).

Ogohlantirishlar: Dragun (30), Smolov (32), Kaleshin (61), Pereyra (73).

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!