Ispaniyada Remboga o`xshab kiyingan ayol odamlarni qo`rqitib yubordi

10:06, 05 aprel

Ispaniya poytaxti Madrid shahrida o`yinchoq avtomat ushlab olgan ayol odamlarni qo`rqitib yubordi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda

Poytaxt polisiyasiga Ispaniyaning bosh maydonida qurol ushlagan va Remboga o`xshab kiyingan ayol mantiqsiz harakatlar qilayotgani haqida xabar etib keldi. 

Maydonga etib kelgan polisiyachilar boshiga qizil ro`mol o`ragan ayol va uning ikki sherigini qo`lga oldi. Ayolning sheriklari balet artistlari kiyimlarini kiyib olgan edi.

Tergov jarayonida har uchala qo`lga olinganlar o`zlarining teatr aktyorlari ekanligini aytgan. Biroq keyinroq ular Ispaniya ichki ishlar vazirligiga tegishli fuqaro gvardiyasi jangchilari ekanliklarini va jangovor tayyorgarlik bo`yicha mashg`ulotlarda ishtirok etganlarini tan oldi. Ammo ular nima sababdan bunday noodatiy kiyimlarda bo`lganiga oydinlik kiritilmagan. 

Polisiyaning ma`lum qilishicha, ayolning qo`lidagi qurol ham o`yinchoq bo`lgan.

Mazkur hodisa ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarini xavotirga soldi. Ularning ayrimlari fuqaro gvardiyasiniing o`quv mashg`ulotlarini “shaytonlar o`yini” deb ham atadi. 

Ispaniyada ayni paytda Parij va Bryussel shaharlaridagi teraktlardan so`ng favqulodda holatlardan xabardor etishning maxsus rejimi amal qilmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!