Pokistonda o`ziga xotin sotib olmoqchi bo`lgan rossiyalik qo`lga olindi

10:17, 05 aprel

Pokiston polisiyasi o`ziga xotin izlayotgan va uning uchun million rupiy(9550 dollar) sotib olishga tayyor ekanligi haqida e`lon qilgan rossiyalik sayyohni hibsga oldi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda

Ma`lum bo`lishicha, 28 yoshli rossiyalik fuqaroning ismi Apelgans Vyacheslov, ammo u o`zini Turud Ali deb chaqirishlarini so`raydi. U Chitral shahrida qo`lga olingan. Rossiyalik fuqaro shahar markaziga pokistonlik ayolga uylanishni istashini bildirib e`lon osib chiqqan. E`londa u o`zi yashayotgan mehmonxona manzilini murojaat etish uchun ko`rsatgan.

Polisiyachilar rossiyalikning tegishlicha ro`yxatdan o`tmaganligi uchun qo`lga olinganini bildirgan. Uning o`zi esa huquq-tartibot organi xodimlariga islom dinini qabul qilganini va shu erda yashovchi ayolga uylanishni istashini aytgan.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!