Xitoyda selfiga tushishga ruju qo`ygan uchuvchi parvozlardan chetlatildi

10:48, 05 aprel

Air China aviakompaniyasi uchuvchisi parvoz oldidan samolyot kabinasida selfiga tushgani uchun vazifasidan chetlatildi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.

Uchuvchi Twitter`ning mahalliy muqobili Weibo ijtimoiy tarmog`ida sahifa ochib, muntazam ravishda suratlar joylab kelgan.   

Ma`lum bo`lishicha, Endi(uchuvchi o`zini shunday deb nomlagan)ning sahifasida 72 ming nafar kuzatuvchilar bor. Uchuvchining xobbisi haqida Air China aviakompaniyasi rahbariyati xabar topgach, u ishdan chetlatilgan. Hozirgi paytda tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Mazkur harakatlar boshlangach, uchuvchi o`zining ijtimoiy tarmoqdagi akkauntini o`chirib tashlagan.  

Aviakompaniya rahbariyatining fikricha, uchuvchining selfiga tushishga ruju qo`yishi uning parvoz vaqtidagi ruhiy holatiga ta`sir ko`rsatadi. Ular uchuvchining qat`iy jazolanishini bildirgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!