Messi uning ofshor kompaniyalarini oshkor qilganlarni sudga bermoqchi

11:07, 05 aprel

“Barselona” klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Xalqaro jurnalistik tergovi konsorsiumi (ICIJ) va Suddeutsche Zeitung nashrini sudga bermoqda. Tashkilot va nashr Messining soliqlardan qochish maqsadida Panamada ofshor kompaniyasi tuzganligi haqida ma`lumot tarqatgan edi. 

Jurnalistlarning ma`lumotiga ko`ra, Messi va uning otasi daromadni yashirish va shu orqali soliq to`lamaslik uchun Panamada kompaniya ta`sis etgan.

Ta`kidlash joizki, Ispaniya sudi o`tgan yilning dekabr oyida Messining 2012-2013 yillarda soliq to`lashdan bo`yin tovlaganligi haqidagi ishini to`xtatgandi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!