Lolaning “Sog`indim” klipi tayyor bo`ldi(Video)

12:24, 05 aprel

Xonanda Lola “Sog`indim” taronasiga klip suratga olayotgani haqida xabar berilgan edi. Mazkur klipda xonandaning “Sog`indim yomon” qo`shig`idagi partneri aktyor Yigitali Mamajonov bosh qahramon obrazini gavdalantirdi.

Lola o`zining Instagram`dagi sahifasida yangi uzoq kutilgan klipning tayyor bo`lganini, montaj ishlari yakunlanganini bildirib, videorolik joyladi.  Mazkur lavhadan klip ehtirosli va romantik sahnalarga boy ekanligini ko`rish mumkin. Xonandaning ma`lum qilishicha, “Sog`indim” klipi tez kunlarda My5 telekanali va internet saytlarida taqdim etiladi. Hozircha esa, undan parchani tomosha qiling:

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!