Xakerlar 50 million turkiyaliklarning shaxsiy ma`lumotlari internetga joylashtirdi

12:32, 05 aprel

Noma`lum xakerlar 50 million nafar Turkiya fuqarolarining shaxsiy ma`lumotlarini internet tarmog`iga joylashtirdi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda

Internetdagi ma`lumotlar o`zida fuqaroning ismi, familiyasi, tug`ilgan kuni, yili,joyi, ota-onasining ismi-sharifi va uy manzilini jamlagan.

Mazkur ma`lumotlarni yuklab olish imkonini beruvchi saytda mazkur aksiya Turkiyaning amaldagi prezidenti Rajab Toyib Erdo`g`onga qarshilik namoyishi ekanligi aytilgan.

Noma`lum xakerlar shaxsiy ma`lumotlarning oshkor qilinishi barcha turklar uchun saboq bo`lishi kerakligini va ular mamlakatni tanib bo`lmaydigan darajada o`zgartirib yuborayotgan amaldagi prezidentga nisbatan qandaydir chora ko`rishlari kerakligini aytib o`tgan.

Bundan tashqari, kiberjinoyatchilar AQSh fuqarolarini prezident saylovlarida Donald Trampga ovoz bermaslikka chaqirgan. Xakerlarning fikricha, “Tramp mamlakatni boshqarishni Erdo`g`ondan ham yomonroq eplaydi”.

Eslatib o`tamiz, avvalroq Barak Obama bilan uchrashuv Erdo`g`on uchun hayot-mamot masalasi bo`lgani haqida xabar berilgan edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!